XATIN
XATIN — Belorussiya Respublikasining Minsk viloyati Logoy rayonidagi sobiq qishloq. U 1943 yilda nemis fashistlari tomonidan aholisi (149 kishi, shu jumladan, 75 bola) bilan birga yoqib yuborilgan. 1969 yil qishloq o’rnida Xatin memorial me’moriy-haykaltaroshlik majmuasi («Xatin bongi»), «qishloklar qabristoni», » Xatin tutuni», memorial lavhali va mangu olovli «Xotira maydoni», «bo’ysunmagan odam» haykali bunyod etilgan (me’morlar: Yu.M. Gradov, V. P. Zankovich, L. M. Levin, haykaltorosh S. I. Selixanov).
O‘xshash so‘zlar
- Xatirchi tumani
- Xatlon viloyati
- XATMI QUR’ON
- XATNA TO’YI
- XATOLAR NAZARIYASI
- XATSHEPSUT
- Xattotlik
- XAUNSFILD (HOUNSFI ELD) GODFRI NYUBOLD


