GAYDUZEK (CAJDUSEK) DANIEL KARLTON
GAYDUZEK (CAJDUSEK) DANIEL KARLTON (1923) — Amerika vrachi, virusologi va epidemiologi. Odamda viruslar qo’zg’atib asta-sekin kechadigan kasalliklar (yashirin davri bir necha yil davom etadigan va asosan Markaziy nerv sistemasiga zarar etkazadigan kasalliklar)ni aniqdagan; bu kasalliklarning sabablari, kelib chiqish mexanizmlari va xususiyatlari, kechishi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureati (1976; B. Blamberg bilan hamkorlikda).
O‘xshash so‘zlar
- GAYKA
- GAYMANOV MOZORQO’RG’ONI
- GAYMOR BO’SHLIG’I
- Gaymorit
- Gaz analizatori
- Gaz analizi
- GAZ ANIQLAGICH
- GAZ BALLONLI AVTOMOBIL


