KO’KAMARON
KO’KAMARON (Scutellaria immaculata Nevski) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub sertuk yarim buta. Poyasi yotiq, yer ostki qismi yog’ochlanib, kaudeks hosil qiladi. Bir yillik poyalari 5-10 santimetr, sertuk, serbarg. Gullari 2,5—3 santimetr, och sariq, barg qo’ltig’ida g’uj o’rnashgan. Iyun—iyulda gullaydi, mevasi avgust— sentyabrda pishadi. Toshkent, Samarqand va Farg’ona viloyatlaridagi tog’larda o’sadi. Yangiligida mol yeydi.
O‘xshash so‘zlar
- Ko’kat ekinlar
- Ko’kat o’g’it, siderat
- Ko’kat to’siq, ko’kat devor,chetan
- Ko’kayoz botig’i
- KO’KBEL
- KO’KBOSHCHITIR
- KO’KCHA
- KO’KCHA


