Qontepar

Qontepar — qontepardoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. 5 turni o’z ichiga oladi. Qalin momiq tuklar bilan qoplangan ko’p yillik o’t. Ildizi yo’g’on, tuganaksimon. Poyasi bitta yoki bir nechta; tik, balandligi 40-60 santimetr. Barglari cho’ziq tuxumsimon yoki nashtarsimon, uzunligi 10— 20 santimetr, eni 1,5—5 santimetr, 3 karra patsimon bo’lingan, qalin tukli, tupguli shingilsimon. Gullari sariq, changchisi 10 ta. Aprel — iyunda gullab, meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi past tog’larda, ularning pastki va o’rta qismidagi toshli yonbag’irlarda tarqalgan.