Qoplon, qor qoploni, Irbis

Qoplon, qor qoploni, Irbis — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi; urug’ning yagona turi. Ba’zan yirik mushuksimonlar urug’iga kiritiladi. Gavdasining uzunligi 103-130 santimetr, og’irligi 70 kilogrammgacha. Tanasi cho’ziq, oyoqlari qisqa. Mo’ynasi qalin, sarg’ish tusda, qora halqa dog’lari bor. Asosan, Markaziy va O’rta Osiyodagi baland tog’larda, odatda, 2000 metrdan balandroqda doimiy qorli tog’ tizmalarida uchraydi. Qishda pastroqqa — ninabargli o’rmonlar mintaqasigacha tushadi. O’rta Osiyoda Janubiy-g’arbiy Turkiston va Tojikistonning Janubdagi tog’larda yashaydi. Aksariyat kechqurunlari ov qiladi. 4-5 ta, ko’pincha 2-3 ta bola tug’adi. Asosan, tuyoqlilar, quyonlar, sug’urlar va boshqalarni ovlaydi. Soni keskin kamayib ketgan. Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.