Qorabo’ronko’l, Qoraqo’shin

Qorabo’ronko’l, Qoraqo’shin (Xitoycha Taytemaxu) — Xitoydagi ko’l, Tarim tekisligining Sharqiy qismida. Maydoni 88 km2 (atrofidagi suv bosadigan botqoqliklar bilan birga 250 gradus). Chuqurligi 1-2 metr, eng chuqur joyi 10 metr. Atrofi sho’rxok va qamishzorlardan iborat. Qorabo’ronko’lga Cherchen daryosi, suvi ko’paygan yillarda Tarim daryosi quyiladi. Ko’lning shim. qismida suvi chuchuk, Janubda sho’r.