Oslo universiteti

Oslo universiteti – Norvegiyadagi birinchi universitet. 1811 yil tashkil etilgan. Ilohiyot, Yurisprudentsiya, tibbiyot, tarix va falsafa, matematika va tabiiy fanlar, stomatologiya, ijtimoiy fanlar bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tarkibida bir qancha institut va ilmiy jamiyatlar bor. Kutubxonasida 2 milliondan ortiq asar saqlanadi. Universitetda 22 mingdan ziyod talaba ta’lim oladi, mingdan ortiq o’qituvchi ishlaydi.